Bayden amerikaliklarni immigrantlar millati deb atadi
AQSH prezidenti Jo Bayden Shtatlar immigrantlardan tashkil topgan, dedi.
U 5 may – Meksika bayrami kuniga bag‘ishlab Oq uyda o‘tkazilgan ziyofatda yig‘ilganlarni shu tarzda qo‘llab-quvvatladi.
"Biz – immigrantlar millatimiz. Biz shunday deymiz, lekin odamlar o‘zlarini bunga ishonmagandek tutadi. Bizning kuchimiz ham shunda", – dedi Bayden.
Beshinchi may Meksikada 1862 yili ikkinchi Fransuz imperiyasi armiyasi ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunda AQSHda Amerika – Meksika do‘stligi ham bayram qilinadi.