Baxriyev Bahriddin Rizvonqul o‘g‘lining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ishemik insultda buzilgan harakat funksiyasini tiklash uchun reabilitatsiya chora-tadbirlarini optimallashtirish” mavzusida
Baxriyev Bahriddin Rizvonqul o‘g‘lining 14.00.13 - “Nevrologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Ishemik insultda buzilgan harakat funksiyasini tiklash uchun reabilitatsiya chora-tadbirlarini optimallashtirish” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06./2025.27.12.Tib.01.04 Ilmiy kengashning 2026-yil 27-oktabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 2-uy.
Tel.: (+99878) 150-78-14