“Batsiray” dovuli qurbonlari 20 nafarga yetdi
Madagaskarga yopirilgan “Batsiray” dovuli tufayli halok bo‘lganlar 20 kishi, deyiladi “REGNUM”ning mazkur mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumoti bilan asoslagan xabarida.
Tabiiy ofat Madagaskarga katta zarar yetkazdi. 69 mingga yaqin aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan, 150 ming kishi uy-joyini tark etgan. Suv toshqinidan nafaqat uy-joy, balki chorvachilik xo‘jaliklari ham vayron holatga kelgan. Dovul birmuncha zaiflashib, orolning janubi-sharqiy tomoniag yo‘nalgani ma’lum qilinmoqda.
6 fevral tuni Hind okeanida vujudga kelgan “Batsiray” girdobida shamol tezligi soniyasiga 66 metrgacha kuchaygan, sohilga yaqinlashgandan keyingina kuchsizlashib, 20-30 metr/soniyaga tushgan.