Bashar Asad Suriyani tiklashga qancha mablag‘ ketishini ma’lum qildi.
Suriya prezidenti Bashar Asad“Katimerini” nashrigaintervyu berdi.
Suriya prezidenti Bashar Asad“Katimerini” nashrigaintervyu berdi.U intervyu asnosida Suriyani qayta tiklashga 200 milliardan 400 milliard dollargacha mablag‘ ketishini ma’lum qilgan.
“Bu (mamlakatni qayta tiklash nazarda tutilgan) yuzlab milliard dollar evaziga bo‘ladi. Kamida 200 milliard dollar, ayrim ekspretlar esa mablag‘ miqdorini 400 milliard dollargacha ko‘tarmoqda. Nega baholashning aniq nuqtasi yo‘q? Chunki, ayrim hududlar hali ham terrorchilar nazoratida qolmoqda, shu boisdan sarflash kerak bo‘lgan mablag‘ miqdorini aniq ayta olmaymiz”, degan u.
Suriyadagi harbiy-siyosiy nizolar 2011 yildan buyon davom etmoqda. Garchi, Suriya va Iroqda ISHID ustidan g‘alaba qozonilgani e’lon qilingan bo‘lsada, mamlakatning ba’zi hududlarihanuz jangarilardan tozalanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat kuntartibida Suriyani qayta tiklash va siyosiy tartibga solish masalalari birinchi bo‘lib turibdi.