«Barselona» va «Real» örtasidagi ziddiyat kuçaymoqda
25-noyabr kuni Madrid sudida kataloniyaliklar va «Real» prezidenti Florentino Peresning huquqiy vakillari iştirokida yaraştiruv majlisi ötkazildi. Biroq tomonlar özaro kelişuvga erişa olmadi.
Ispaniyaning ikki yetakçi klubi — «Barselona» va «Real» örtasidagi ziddiyat sud jarayoniga aylanişi mumkin.
25-noyabr kuni Madrid sudida kataloniyaliklar va «Real» prezidenti Florentino Peresning huquqiy vakillari iştirokida yaraştiruv majlisi ötkazildi. Biroq tomonlar özaro kelişuvga erişa olmadi.
Mojaroga Peresning joriy yil 12-may kuni bildirgan fikrlari sabab bölgan. Madrid klubi rahbari «Barselona»ni korrupsiyada va hakamlar kömagida ustunlikka erişganlikda ayblab, «Real» yettita çempionlikdan mahrum etilganini ta’kidlagan edi.
Kataloniyaliklar mazkur ayblovlarni asossiz deb hisoblab, Peresdan öz sözlarini qaytarib olişni yoki ularni aniq dalillar bilan isbotlaşni talab qilmoqda.
«Barselona» prezidenti Joan Laporta Bokuda jurnalistlar bilan muloqot çoğida klub manfaatlarini himoya qiliş uçun huquqiy jarayonni davom ettiriş niyatida ekanini bildirdi.
AS naşrining xabar berişiça, yaraştiruv majlisi natijasiz yakunlanganidan söng kataloniyaliklar Florentino Peres ustidan sudga şikoyat kiritişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, «Negreyra işi» doirasida «Barselona»ning 2001–2018 yillarda Ispaniya hakamlar qömitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga aloqador kompaniyalarga 7 million yevrodan ortiq mablağ tölagani örganilmoqda.
Prokuratura mazkur tölovlar hakamlarga ta’sir ötkaziş maqsadida amalga oşirilgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. «Barselona» esa mablağlar hakamlik böyiça tahliliy hisobotlar va maslahat xizmatlari uçun tölanganini ta’kidlab keladi.