«Barselona» Rodri transferi uchun «Real» bilan kurashga qo‘shildi
Flik futbolchiga klub loyihasini tushuntirib, uni «Barselona» safiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilgan.
«Barselona» yozgi transfer oynasining eng shov-shuvli transferlaridan birini amalga oshirishi mumkin. Kataloniya klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri uchun «Real» bilan kurashmoqchi.
The Touchline nashri Sport jurnalisti Karlos Monfort ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodri bilan shaxsan telefon orqali gaplashgan.
Flik futbolchiga klub loyihasini tushuntirib, uni «Barselona» safiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu suhbat vaziyatni o‘zgartirgan. «Real» bilan muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lmagach, Rodri endi «Barselona»ga o‘tish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Shuningdek, Lamin Yamal va «Barselona»ning boshqa futbolchilari ham Rodri bilan suhbatlashib, 30 yoshli yarim himoyachini «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Hozirda Rodri barcha variantlarni o‘rganmoqda. «Barselona» esa transferning moliyaviy masalalariga o‘tishdan avval futbolchidan aniq javob olishni istamoqda.
Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.