«Barselona» Eli Junior Krupini kuzatmoqda
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Eli Junior Krupining transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.
«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Yevropaning bir qator top klublari e’tiboriga tushgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftalarda «Barselona» Xulian Alvares transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan kelisha olmasa, muqobil variant sifatida Krupi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, joriy oy davomida «Manchester Siti» ham 20 yoshli fransiyalik hujumchi bo‘yicha ma’lumot so‘ragani qayd etilgan.
Biroq «Bornmut» futbolchini jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. Sababi, klub kelasi mavsum Yevropa ligasida Angliya sharafini himoya qiladi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Eli Junior Krupining transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.