“Barkamol avlod” finalchilari taqdirlandi (+video)
Mamlakatimizda har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan «Barkamol avlod» sport o‘yinlari yoshlar iste’dodini namoyon etishda hamda mahoratli sporchilarni tayyorlashda muhim poydevor vazifasini o‘tab kelmoqda.
Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan bellashuvlar sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etildi. 2023-2024 o‘quv yilida uch bosqichda o‘tkazilgan musobaqalar davomida g‘olib jamoalar aniqlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi bilim maskanlarida tahsil olayotgan 30 ming nafarga yaqin o‘quvchi hududiy musobaqalarda ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.
[gallery-17605]
Ushbu musobaqalarning ahamiyatli tomoni bu orqali yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilish oshadi, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi rag‘batlantiriladi, iqtidorli sportchilarni kashf etish va mamlakat terma jamoalariga munosib zaxirani shakllantirish imkoni yaratiladi.
- “Barkamol avlod” sport musobaqasi 2001 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda, - deydi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti katta o‘qituvchisi, «Barkamol avlod» sport o‘yinlarining Toshkent shahar bo‘yicha bosh hakami Odiljon Gapparov. - Bu galgi musobaqalarimizning 2023-2024 o‘quv yilidagi respublika bosqichida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqalarning avvalgilaridan farqi 3ta yangi sport turi qo‘shildi. Bellashuvlar juda shiddatli o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida shu musobaqalar orqali ko‘plab nomdor sportchilar kashf etildi. Masalan, Eldor Shomurodov, Akbar Jo‘rayev, Bahodir Jalolov kabi sport yulduzlari shular jumlasidandir.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/nd3W888EaG8" title="“Barkamol avlod” finalchilari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Respublika bosqichida ishonchli g‘alabaga erishgan har uch jamoa musobaqaning ramziy sovg‘alari va 192 million so‘mlik sport jihozlariga ega bo‘lishdi.
Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA