Barchasi aholi farovonligi uchun
"Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan suyultirilgan gaz aholiga raqamli texnologiya asosida yetkazib berilmoqda. Iste’molchilarga yetkazib berilgan gaz ID kartalar orqali hisob kitob qilinmoqda.
Suyultirilgan gaz balonlarni tashish va aholiga yetkazib berishda korxonadagi 9 ta “MAN” rusumli, 21 ta “ISUZU” avtotransport vositalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 3 ta gaz to‘ldirish shaxobchalari ham aholi xizmatida. Har bir avtotransport vositasi maxsus qurilma orqali nazorat qilinadi. Tuman va shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida iste’molchilarga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilishi E-GAZ tizimi orqali operatorlar tomonidan nazorat qilinadi.


“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida iste’molchilarning murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus markaz tashkil etilgan. Kechasiyu kunduzi ya’ni 24 soat davomida ishlayotgan markaz aholi murojaatlarini qabul qilib, mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish imkonini berayotir.
Sh. Suyarov,
O‘zA