Barcha xonadonlar tabiiy gaz bilan ta’minlanadi
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida Termiz shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida tabiiy gaz quvurlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Korxona tomonidan hududda joylashgan jami 260 ta uy-joyga tabiiy gaz quvurlari o‘rnatilishi belgilangan. Shu kunga qadar 148 ta xonadonga gaz quvuri tortilib, shulardan 7 ta xonadonga gaz hisoblash moslamasi ham o‘rnatildi. Yana 30 xonadon bu jarayonga tayyor.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA