Barbadosda birinchi prezident saylandi
Bu voqea o‘tmishdagi Buyuk Britaniya mustamlakachiligidan qutilish yo‘lida hal qiluvchi qadam bo‘ldi.
Sandra Meyson chorshanba kuni kechqurun mamlakat Assambleyasi va Senati qo‘shma majlisida 2/3 ovoz bilan saylandi. Hukumat o‘z bayonotida, uning tayinlanishini “Respublikaga olib boradigan yo‘l” , - deb atadi.
Mamlakat Bosh vaziri Mia Mottli prezidentlik saylovini mamlakat yo‘lida “burilish nuqtasi” deya ta’kidlagan.
Atlantika Kengashi tahlil markazi xodimi Vazim Moula Reuters agentligiga bergan intervyusida, saylovlar Barbadosga ham ichki, ham xalqaro miqyosda foyda keltirishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatning Buyuk Britaniyaga qaramlikdan chiqishi 30 noyabrda mustaqillikning 55 yilligida, ya’ni Sandra Meyson qasamyod qabul qiladigan kundan so‘ng sodir bo‘ladi.