Bank xodimlari saxovati
Xabaringiz bor, Prezidentimiz “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi.
Xabaringiz bor, Prezidentimiz “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu xayrli tashabbusga hamyurtlarimiz labbay degan holda oʻzaro birlashib, muhtojlarga mehr-saxovat bilan yordam koʻrsatib oʻzining oliyjanob fazilatlarini namoyon etmoqda.
Xususan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Fargʻona viloyati, shahar va tuman filiallari xodimlari oylik maoshlaridan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va barchamiz uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga koʻmak berish maqsadida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga 412 million 165 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi oʻtkazib berdi.
Fargʻona viloyatidagi barcha fuqarolar nomidan bank rahbariyati va xodimlariga sinovli kunlarda mehr-saxovat, himmat kabi yuksak fazilatlari bilan xalqimizga madadkor boʻlayotganligini eʼtirof etib, savobli ishlarida kuch-gʻayrat tilaymiz.
Fargʻona viloyati hokimligi
Axborot xizmati.