“Bahor gullari” Samarqand ko‘chalarini bezamoqda
FOTOREPORTAJ
Ayni paytda Samarqand shahrida keng ko‘lamdagi obodonchilik, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Bir-biridan betakror gullar, butasimonlar va daraxtlar kishi ko‘zini quvnatadi. Ayniqsa, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan obodonlashtirilayotgan ko‘chalarda ish yanada qizg‘in.
[gallery-6598]
- SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandning o‘ndan ortiq asosiy ko‘chalarini obodonlashtirish ishlari fermer xo‘jaligimiz tomonidan amalga oshirilmoqda, - deydi “Bahor gullari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Samarqanddagi ish yurituvchisi Hojiakbar Erkinov. – bugungi kungacha daraxt ko‘chatlarining asosiy qismi ekib bo‘lindi. Bunda lola, magnoliya, oq qayin, qrim sosnasi, dub kabi o‘ndan ortiq turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, ionimus, hind sereni, barbaris, viola kabi o‘ziga xos ko‘rinishga ega gul ko‘chatlari asosiy ko‘chalar bo‘yiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, har bir dov-daraxt ekilgan maydonlarga sug‘orish tizimlarini ham o‘rnatmoqdamiz. Samarqand ko‘chalari yaqin kunlarda o‘ziga xos landshaft dizayni bilan shaharliklar va mehmonlarga manzur bo‘ladi.
Alisher ISROILOV (surat),O‘zA