“Badash” – xalq urf-odatlari, an’analari mahsuli
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi qoshidagi “Badash” folklor etnografik to‘garagi a’zolari o‘zining rang-barang ijrosi bilan ko‘pchilik e’tiborini qozongan.
Jamoaga Marvar Otaniyozova rahbarlik qiladi.
“Badash” – xalq urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, yashash sharoiti asnosida vujudga kelgan bo‘lib, asosan, daf (doira) cholg‘usida ijro etiladi. Ba’zan angishvona, qoshiq, sopol idishlardan ham jo‘rovoz sifatida foydalaniladi.
[gallery-11538]
Hozirgi kunda to‘garakda 40 ga yaqin yosh mahorat oshirib, tuman va viloyat miqyosidagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA