Babayev Samandar Samiyevichning fizika-matematika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Vaznli optimal kvadratur formulalar va ularning chiziqli integral tenglamalarni taqribiy yechishga tatbiqlari” mavzusida
Babayev Samandar Samiyevichning 01.01.03 - “Hisoblash matematikasi va diskret matematika” ixtisosligi bo‘yicha “Vaznli optimal kvadratur formulalar va ularning chiziqli integral tenglamalarni taqribiy yechishga tatbiqlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-iyun soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 1001174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy.
Tel.: (+99878) 227-12-24
e-mail: nauka@nuu.uz