Azizjon G‘aniyev jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin va u mundialni o‘tkazib yuborishi ehtimoli ham bor.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev jarohat oldi.
Bugun tongda O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati oldidan ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Vakillarimiz Edmontonda Kanada terma jamoasi mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvning 23-daqiqasida jamoamiz yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev jarohat sabab almashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin va u mundialni o‘tkazib yuborishi ehtimoli ham bor.
Terma jamoamiz mundialning guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR bilan kuch sinashadi.