Azizbek Ko‘charov Alisher o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida
Azizbek Ko‘charov Alisher o‘g‘lining “Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.11 – «Kolloid va membrana kimyosi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, texnika fanlari) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishining himoyasi O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 30-may kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek ko‘chasi, 77a.
Tel.: (71)-262-56-60; faks (71)262-79-90.
Ye-mail: ionxanruz@mail.ru