Aytjan va Abdulla polvon Osiyoda tengsiz
Vetnamda sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqaning yunon-rum kurashi bahslari bilan boshlangan ilk kungi dasturida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimiz bir qator vazn toifalarida final va hal qiluvchi bellashuvlarda munosib ishtirok etib, jamoa hisobiga dastlabki medallarni taqdim qildi.

Jumladan, o‘z vazn toifalarida quyidagi polvonlarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Oltin medal sohiblari:
-67 kg: Aytjan Xalmaxanov -77 kg: Abdullo Aliyev
Kumush medal:
-82 kg: Azimjon Soatullayev
Bronza medal:
-72 kg: Shahzod Qo‘chqorov.
Shu tariqa, yosh “klassik” kurashchilarimiz qit’a chempionatini ishonchli natijalar bilan boshlab, O‘zbekiston sport kurashlari maktabining salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA