Axsikentda noyob qilich va tangalar topildi
FOTOREPORTAJ
Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘n adadga ortdi.
Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich yaxshi holatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
[gallery-18241]
Baqtriya tangasi 475-600 yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid bo‘lib, uni tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev batafsil tadqiq etdi.
- Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 - Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 - va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang 光- yorug‘lik ma’nosini beradi. Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan 圓 yumaloq, ya’ni doira degan ma’noni beradi. Tanga o‘rtasidagi teshilgan joydagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875 -1908 yillarda Xitoyni boshqargan, - deydi Sh. Qo‘ldoshev.
Uchta nodir kitob esa ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, ularni o‘rganish va tatqiq qilish qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga imkon beradi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA