Axmedov Akmaljon Rustamovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temirbeton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi mavzusida.
Axmedov Akmaljon Rustamovichning 05.09.01 - “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha “Bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temirbeton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.15.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Davlatobod tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 31-uy. Namangan davlat texnika universitetining 11-binosi.
Tel.: (+998) 69 234-14-85.
e-mail: info@namdtu.uz.