Avtomobil yo‘lida velosiped yo‘lagi ham bo‘ladi
Buxoro shahridagi 4R91d (A380 avtoyo‘lidan Buxoro aeroporti yo‘nalishi) avtomobil yo‘lining 3 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Buxoro shahridagi 4R91d (A380 avtoyo‘lidan Buxoro aeroporti yo‘nalishi) avtomobil yo‘lining 3 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
–Ta’mirlash ishlariga 100 nafarga yaqin yo‘lsoz jalb etilgan, — deydi Romitan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ish yurituvchisi Ismoil Omonov.– 30 ga yaqin texnika og‘irimizni yengil qilmoqda.
Bunyodkorlar shu kunlarda yo‘l qoplamasini ta’mirlash, yo‘l yoqasiga beton to‘siqlar joylashtirish, yomg‘ir suvlarini qochirish tizimi hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun suv purkagichlar o‘rnatish ishlarini bajarmoqda. Yo‘l bo‘yiga o‘rnatilgan zamonaviy tungi yoritish tizimi zarur yorug‘lik uzatishda muammolar kelib chiqmasligini ta’minlaydi.
Yo‘lsozlarning ta’kidlashicha, mazkur yo‘l chetidan yangi loyiha asosida velosiped yo‘lagi ham joy oladi.