Avazov Umarbek Otabayevichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Umumlashgan Yukava potensialli kvant kinetik zanjirining yechimi» mavzusida
Avazov Umarbek Otabayevichning «Umumlashgan Yukava potensialli kvant kinetik zanjirining yechimi» mavzusidagi 01.01.02 – «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli ilmiy Ilmiy kengashning 2025 yil 15 aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4- uy.
Tel./faks: (99871) 246-02-30
e-mail:nauka@nuu.uz