“Atletiko”ikki nafar yetakchisini ijaraga berdi
Kelishuvda futbolchilarni keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Madridning “Atletiko” klubi asosiy tarkibdagi ikki futbolchisi — Xose Mariya Ximenes va Toma Lemarning boshqa jamoalarga ijaraga berilganini rasman e’lon qildi.
31 yoshli urugvaylik himoyachi Ximenes “Deportivo”ga bir mavsumga ijara asosida o‘tdi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Ximenes 2013-yildan buyon “Atletiko” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U madridliklar safida jami 384 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol va 13 ta assist qayd etdi. Shuningdek, u Koke va Yan Oblakdan keyin jamoa sardorlaridan biri edi.
30 yoshli Toma Lemar esa “Elche”ga bir yilga ijaraga berildi. Uning shartnomasida sotib olish huquqi mavjud emas. Fransiyalik futbolchi “Atletiko”ga sakkiz yil avval “Monako”dan 72 million yevroga kelib qo‘shilgandi.
Lemar “Atletiko” safida 186 uchrashuvda 10 ta gol va 19 ta golli uzatma qayd etgan.