«Atletiko» Kristian Romero uchun kurashga qo‘shildi
«Tottenhem» 28 yoshli himoyachini taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
«Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Inter»ga o‘tishga og‘zaki rozilik bergan. Biroq Milan klubi transferni yakunlash uchun avval tarkibidagi ayrim futbolchilarni sotishi kerak.
Insayder Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, endi Madridning «Atletiko» klubi ham JCH-2022 g‘olibi bo‘lgan himoyachini o‘zining asosiy transfer maqsadiga aylantirgan.
Qayd etilishicha, «matraschilar» «Inter»dan oldinroq harakat qilib, Romero transferini yakunlashi mumkin. Ammo buning uchun ular ham avval amaldagi tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashishi lozim.
Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» 28 yoshli himoyachini taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Romeroning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.