Atlas festivalida OAV uchun grant
Bugun “Atlas bayrami” festivali doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Ikat Connection” grant loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Unda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ALIPH va Yevropa Ittifoqining qo‘shma moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan “The Ikat Connection: Central Asia’s Traditional Cultural Heritage of Ikat” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar hamda oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.


Tadbirda loyihaning asosiy yo‘nalishlari — ilmiy tadqiqot va ma’lumotlarni jamlash, ikat merosini raqamlashtirish, veb-platforma yaratish, an’anaviy “ustoz-shogird” maktablarini xaritalash, ikat naqshlari va ularning ma’nolarini hujjatlashtirish, yosh dizaynerlar bilan ishlash hamda barqaror ishlab chiqarishni rag‘batlantirish haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston ikatlari uchun milliy sifat belgilarini joriy etish tashabbusi haqida ham ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga loyiha mutaxassislaridan javob oldi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA