Asosiy qonunimiz keng o‘rganilmoqda
Buxoro yuridik va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning Konstitutsiyamiz to‘g‘risidagi bilimini yuksaltirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Buxoro yuridik va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning Konstitutsiyamiz to‘g‘risidagi bilimini yuksaltirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.Qariyb bir ming ikki yuz ellikka yaqin o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda ta’lim olayotgan dargohda huquqiy mavzuda turli tadbirlar, davra suhbatlari, bilimdonlar bellashuvlarini o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Adliya organlari mutaxassislari hamkorligida tashkil etilayotgan “Asosiy qonunimizni o‘rganamiz”, “Huquqiy ong va huquqiy madaniyat”, “Konstitutsiya – yoshlar kamolotining huquqiy poydevori” mavzularidagi uchrashuvlar o‘quvchilarning qonunchiligimizga oid bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.