Asl maqsad G‘azoni butunlay egallashmi?
Isroil Trampning taklifiga binoan urushni davom ettirmoqchi.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu XAMASning garovga olinganlar ozod qilinishini keyingi ogohlantirishgacha qoldirilishi to‘g‘risidagi e’lonidan keyin Isroil qo‘shinlariga G‘azo ichi va atrofini qurshab olishni buyurdi, deb xabar berdi BBC.
XAMAS bunga javoban o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga sodiq qolishini va Isroil “har qanday asorat yoki kechikish uchun javobgar” ekanini aytdi.
Guruh Isroilni uch haftalik sulh bitimini buzish, jumladan hayotiy muhim gumanitar yordamni to‘sib qo‘yishda aybladi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroilga kelishuvni butunlay bekor qilish va barcha garovga olinganlar qaytarilmasa, G‘azoni “jahannamga aylantirish"ni taklif qilgan.
Isroil Xavfsizlik mahkamasining to‘rt soat davom etgan yig‘ilishidan so‘ng Netanyaxu video bayonot berib, "Trampning talabini mamnuniyat bilan qabul qilishi"ni bildirdi.