Askarlar tavsiyanoma olish uchun test sinovlaridan o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism va bo‘linmalarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun beriladigan tavsiyanomani qo‘lga kiritish maqsadida test sinovlarida ishtirok etdi.
Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan test sinovlari davomida harbiy xizmatchilarning jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, shuningdek, aniq va gumanitar fanlar bo‘yicha bilimlari baholandi.
[gallery-27355]
Qayd etilishicha, test sinovlari jami 100 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning 40 tasi jangovar tayyorgarlikka, 20 tasi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka, 10 tasi matematika, 10 tasi fizika fanlariga hamda qolgan 20 tasi mantiqiy fikrlashga oid savollarni o‘z ichiga oldi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA