Asila Mirzayorova Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Sportchilar qo‘mitasi a’zosi etib saylandi
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Sportchilar qo‘mitasining yangi a’zolarini e’lon qildi.
Quvonarlisi, ularning orasida O‘zbekiston terma jamoasi vakili, para yengil atletikachi Asila Mirzayorova ham o‘rin oldi. Mazkur qo‘mita parasportchilarning manfaatlarini himoya qilish, ularning fikr va takliflarini xalqaro miqyosda ilgari surish, shuningdek, Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Asila Mirzayorova uchun ushbu saylov xalqaro sport maydonida O‘zbekiston vakilligini kengaytirish, parasportchilar manfaatlarini ifoda etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, Asila Mirzayorova Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Paraosiyo o‘yinlarida bittadan oltin, kumush va bronza jami - 3 ta medalga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA