Asalarichi ayollarga atalgan loyiha
Asalarichilik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi ishga tushdi.
Mazkur loyihaning taqdimotiga bag‘ishlangan seminarda O‘zbekiston uchun asalarichilik bo‘yicha ilovani joriy etish va sinov tariqasida ishga tushirilgani ma’lum qilindi.
«Ayollar uchun sun’iy intellekt vositasida boshqariladigan iqlim jihatdan maqbullashtirilgan asalarichilik» loyihasi Germaniya tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA) HiveTracks kompaniyasi va O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Mazkur ilova asalarichilik sohasidagi vazifalarni kuzatib borish va boshqarish yo‘li orqali arixonalar holati va asalarilar salomatligini yaxshiroq nazorat qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, loyiha xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash va bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Mazkur ilova sinov tariqasida Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi asalarichilar guruhida amalga oshirilgandan keyin undan foydalanishni istagan barcha asalarichilarga taqdim etiladi.