Asaka tumaniga hokim tayinlandi
Mo‘minov Nasibullo Nabiyevich Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Nasibullo Mo‘minov 1983 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Nasibullo Mo‘minov mehnat faoliyati davomida ta’lim, qurilish va hokimlik tizimlarida turli vazifalarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar u Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
O‘zA