Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari - el xizmatida
FOTOREPORTAJ
Eng ulug‘ va eng aziz bayram — mustaqilligimizning 32 yilligi shodiyonalari yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.
Bayramlar arafasida aholiga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashish va qulaylik yaratish odat tusini olgan. Xuddi shunday, ulug‘ sana munosabati bilan Namangan viloyati shahar va tuman markazlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ham xalqimiz dasturxonining to‘kin-sochin bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Davlatobod tumanidagi dehqon bozorida yo‘lga qo‘yilgan yarmarkaga Mingbuloq, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, va Pop tumanlari fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini peshma-pesh yetkazib bermoqda. Sarxil meva-sabzavotlar, poliz, go‘sht, tuxum, ichimlik yog‘i singari 20 turdan ortiq mahsulotlar arzon narxda aholiga taklif etilyapti.
[gallery-13349]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA