Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda
Joriy yil 16 yanvar kuni aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navoni tartibga solish vazifasi qo‘yilgan edi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Yangi yil bayrami arafasida shahar va tumanlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari davom etmoqda. Bu esa dehqon bozorlarida aholining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, arzonlashtirilgan narxlarda sotib olishiga zamin yaratmoqda.
Yarmarkalarda mahsulotlarni uzluksiz ta’minlash maqsadida ta’minotchi korxonalar, agrofirmalar va fermer xo‘jaliklari mas’ul etib belgilangan. Bu kabi tashabbuslar aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazish bilan birga narxlar sun’iy va asossiz ravishda oshirilishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA