Artikbayev Mahkam Artikbayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
«Murakkab shakldagi yupqa anizotrop plastinalarning magnitelastiklik deformatsiyalanish holatini matematik modellashtirish» mavzusida
Artikbayev Mahkam Artikbayevichning «Murakkab shakldagi yupqa anizotrop plastinalarning magnitelastiklik deformatsiyalanish holatini matematik modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari)» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2021.T.142.01 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 21 dekabr 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Bo‘z-2 mavzesi, 17A uy.
Tel.: (99871) 263-41-98
e-mail: info@airi.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).