“Arsenal” qishda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda
Angliyaning amaldagi chempioni dastlabki ikki turdan so‘ng olti ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Londonning “Arsenal” klubi qishki transfer oynasida hujum chizig‘iga yangi futbolchi olib kelishga yana urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Bournemouth” hujumchisi Eli Junior Krupi hamon “kanonirlar”ning transfer ro‘yxatida turibdi. Bundan tashqari, “Arsenal” yozda amalga oshmagan ikki yirik transferga — “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares va “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorga yana qaytishi mumkin.
Angliyaning amaldagi chempioni dastlabki ikki turdan so‘ng olti ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Mikel Arteta jamoasi navbatdagi uchrashuvini 6-sentabr kuni “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi. London derbisi Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.