Arnasoylik og‘ufurush qo‘lga tushdi
Jizzax viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Arnasoy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda shubhali ko‘ringan fuqaro to‘xtatilib, uning qo‘lidagi yuki xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Paxtakor tumani “Paxtakor” MFYda yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan O‘.Q. qo‘lida ko‘tarib yurgan qopda 11 kilogramm 525 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. IIO xodimlarining giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq qonunbuzarlikning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlari davom etmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri