Armaniston tinchlik shartnomasi haqida ma’lumot berdi
Ozarbayjon tomoni hozircha tinchlik shartnomasi bo‘yicha Yerevan taklifining oltinchi bosqichiga javob bergani yo‘q, deb bayonot berdi Armaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mnatsakan Safaryan.
Uning so‘zlarini davlatga qarashli “Armenpress” agentligi quyidagicha keltirgan: “Ozarbayjon Armaniston tomonining tinchlik shartnomasiga tegishli so‘nggi taklifiga hozircha javob bermadi, qachon javob olsak, ma’lum qilamiz”. Avvalroq Armaniston TIV 21 noyabrda Yerevan Bokuga tinchlik shartnomasi bo‘yicha navbatdagi paketni jo‘natgani haqida xabar tarqatgan edi.
2022 yil Yerevan va Boku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lg‘usi kelishuvni muhokama qilishga kirishgan. Joriy yil may oyida Bosh vazir Nikol Pashinyan Yerevan Ozarbayjonning sobiq ittifoq davridagi chegarasi bo‘yicha, ya’ni Qorabog‘ bilan birga suverenitetini tan olishga tayyorligini aytgan. O‘z navbatida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev agar Yerevan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasa, Ozarbayjon shartnomani yil oxirigacha imzolashi mumkin, degan.