Argentinada Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga bayram e’lon qilindi
JCh-2026 finalida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi.
Argentina futbol assotsiatsiyasi 15-iyulni "Milliy futbol jamoalari kuni" deb e'lon qildi. Ushbu qaror ijroiya qo'mitasining yig'ilishida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra qabul qilindi.
Bu sana tasodifan tanlanmagan — u Argentina terma jamoasining jahon chempionati — 2026 yarim finalida Angliyaga qarshi kechgan uchrashuvdagi irodali g'alabasi sharafiga belgilandi. O'sha o'yin aynan 15-iyul kuni bo'lib o'tgan edi. "Albiseleste" 55-daqiqada Entoni Gordondan gol o'tkazib yuborgan, biroq bahs oxirida kambek amalga oshirishga muvaffaq bo'lgandi: 85-daqiqada Enso Fernandes, 90+2-daqiqada esa Lautaro Martines gol urib, jamoaga g'alaba keltirgan edi.
JCh-2026 finalida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi. "Albiseleste" yagona golni qo'shimcha bo'limlarda o'tkazib yubordi.