Argentina ham karantin muddatini yana uzaytirdi
Argentina hukumati koronavirusga chalinish suratining oshishi tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin muddatini yana bir oyga, 31 maygacha uzaytirishga qaror qildi.
“REGNUM” xabarida aytilishicha, bu haqda mamlakat prezidenti Alberto Fernandes o‘zining telemurojaatida ma’lum qilgan. Fernandesning ta’kidlashicha, virusga chalinish holatlarini, hech bo‘lmasa, karantin choralari bilan kamaytrishga urinish lozim bo‘lib turibdi. “Buenos-Ayres tumanlaridagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Biz kasallikka chalinishning barqaror pasayishini kutishimiz kerak”, dedi u.