AQSHning Templ universiteti bilan memorandum imzolandi
O‘zbekiston – AQSH sog‘liqni saqlash haftaligi doirasida o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston va AQSH tibbiy oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot markazlari va farmatsevtika korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va Templ universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida o‘qituvchilar va kadrlar, ilmiy izlanuvchilar va bitiruvchi talabalar hamda ilmiy materiallar, maqolalar va ilmiy ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi.
Shuningdek, hamkorlikda dasturlar, ilmiy konferensiya va tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.
M.Qosimova,
O‘zA