AQSHning besh nafar askari halokatga uchradi
Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qilishicha, O‘rta yer dengizida vertolyot halokatga uchrab, besh nafar amerikalik askar nobud bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, uchoq havoda yonilg‘i quyish jarayonida yuz bergan texnik nosozlik tufayli qulagan. AQSH XAMAS harakati yaqin ittifoqchilaridan Isroilni himoya qilish uchun O‘rta yer dengizida ikkita avia tashuvchi zarbdor guruh joylashtirgan edi.
Ostin mazkur bayonotini tarqatish barobarida fojea munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
Oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ham harbiylar uchun ta’ziya bildirgan edi.