AQSHda samolyot qatnovlari to‘xtab qoldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining yirik shaharlarida noqulay ob-havo, jumladan, yomg‘ir, bo‘ronli shamol va qor tufayli 63 reys bekor qilindi, 2 ming 564 parvoz kechiktirildi.
“FlightAware.com” ma’lum qilishicha, mamlakatda keng nishonlanadigan bayram – Shukrona kuni munosabati bilan sayohat rejalashtirgan 55 millionga yaqin fuqaro ucholmay qoldi.
Ayniqsa, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy shtatlarda, Atlantika okeani qirg‘oqlari hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘gan. Chikago, Sent-Luis, Detroyt, Indianapolis, Klivlend, Atlanta, Nashvill, Tennessi, Sharlotta, Vashington, Nyu-York va Boston kabi shaharlarda ertalabki reyslar kechiktirilgan.
Kecha Yuta, Vayoming va Koloradoda kuchli qor yog‘di. Meteorologiya xizmati xabariga ko‘ra, yog‘ingarchilik miqdori 15,24 santimetrdan 30,48 santimetrgacha bo‘lgan.