AQSHda omikron shtammiga chalinish surati pasaydi
AQSH shimoli-sharqidagi Yangi Angliya hududida omikron shtammiga chalinish surati pasaydi, bu mamlakatdagi epidemiya zaiflashish pallasiga yetganiga doir umidni paydo qiladi, deb xabar bermoqda “The Washington Post”.
Nyu-York gubernatori Keti Xochul shtatda koronavirusga yangidan chalinish surati pasayganini aytgan, vaholanki mazkur shtat omikron o‘choqlaridan biri hisoblanardi. Bostonda ham kasallanish surati pastlagan.
Filedelfiya bolalar shifoxonasi ma’lumotida, “dekabrning oxiriga nisbatan kasallanish 25 foizdan 2 foizgacha tushdi”, deyilgan. 11 yanvarda Oq uy rahbari Jo Bayden omikron shtammi tarqalishiga qaramasdan AQSH pandemiyaga qarshi kurashda to‘g‘ri yo‘lda ekanini aytgandi.