AQSH Yaqin Sharqqa harbiy kemalar yuboradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron va Livandan Isroilga qarshi ehtimoliy hujumni kutgan holda, Yaqin Sharqqa suv osti va ikkinchi avia tashuvchi kemalarini jo‘natmoqda. Bu haqda “Euronews” telekanali xabar berdi.
Isroil mudofaa vaziri amerikalik hamkasblariga yahudiy davlati bunday harakatni muqarrar hisoblamasa-da, hujumni qaytarishga to‘liq tayyorligini bildirgan.
– Biz hushyormiz, jangovar shay holatdamiz, – dedi Yoav Gallant. – Tehron va Bayrut tahdidi amalga oshishi mumkin. Tayyorlik va hushyorlik qo‘rquv va vahima bilan sinonim emasligini hamma tushunishi muhim.
Ayni payt Isroil qo‘shinlari Xon Yunis hududidagi nishonlarga yana zarba bermoqda. Aavvalroq harbiy qo‘mondonlik Isroil shaharlariga raketa hujumi uchun javobgar bo‘lgan terrorchilarga qarshi amaliyot tayyorlanayotgani sababli, aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan edi.