AQSH xorijdagi qator diplomatik vakolatxonalarini yopmoqchi
“The Guardian” nashri xabar berishicha, AQSH Davlat departamenti Osiyo, Afrika, Shimoliy Amerika va Karib havzasi mintaqalarida joylashgan besh konsullik hamda vakolatxonani yopmoqchi.
Vashington bu qadamni byudjet sarfini qisqartirish istiqboli va Prezident Donald Tramp hokimiyatga qaytgandan keyin tashqi siyosat yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishi sharoitida amalga oshirmoqda. Kongressga yuborilgan xabarnomaga ko‘ra, Nagoya (Yaponiya), Medan (Indoneziya), Duala (Kamerun), Vinnipeg (Kanada) va Sent-Jorjes (Grenada) shaharlaridagi konsullik va missiyalar tugatilishi rejalashtirilgan. Davlat kotibi Marko Rubio rahbarligida olib borilayotgan ushbu qisqartirish doirasida avval Davlat departamentining 1300 dan ziyod xodimi, jumladan diplomatlar, davlat xizmatchilari ishdan bo‘shatilgan edi.
Amerika tashqi xizmat assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hozir AQSHning dunyo bo‘yicha 195 elchilisi o‘rni, jumladan Germaniya, Misr, Saudiya Arabistoni kabi kuchli mamlakatlardagi rahbarlik lavozimi hanuz bo‘sh. Siyosiy raqiblar va Demokratlar mazkur qarorni keskin tanqid qilib, yuzaga kelgan bunday diplomatik bo‘shliq dunyo bo‘ylab Xitoyning ta’siri va pozitsiyasi kuchayishiga zamin yaratishidan xavotir bildirmoqda. Shu bilan birga Oq uy Byudjet boshqarmasi kelgusida 30 tagacha xorijiy missiya yopilishini ko‘zda tutuvchi yanada kengroq dasturni ilgari surmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA