AQSH xavfli oʻyin olib bormoqda
Polshaga NATOning qoʻshimcha kuchlari joylashtirilishi Rossiya tomonidan javobsiz qoldirilmaydi.
Polshaga NATOning qoʻshimcha kuchlari joylashtirilishi Rossiya tomonidan javobsiz qoldirilmaydi. REGNUM xabarida qayd etilishicha, Rossiya davlat dumasining xalqaro masalalar qoʻmitasi rahbari Leonid Sluskiy shunday fikr bildirdi.
“Rus harbiy mutaxassislari buni tahlil qiladi, oqibatni baholab zarur choralarni koʻradi. AQSH oʻzining Yevropadagi harbiy ishtirokini kengaytirib xavfli oʻyin olib bormoqda”, dedi Sluskiy.