AQSH va Yevroittifoq: savdo urushining oldi olindi
Avval xabar berilganidek, kecha Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker AQSH va Yevroittifoq o‘rtasida boshlangan savdo ziddiyatini bartaraf etish maqsadida Vashingtonda prezident Donald Tramp bilan muzokara olib bordi
Avval xabar berilganidek, kecha Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker AQSH va Yevroittifoq o‘rtasida boshlangan savdo ziddiyatini bartaraf etish maqsadida Vashingtonda prezident Donald Tramp bilan muzokara olib bordi.
“Euronews”ning ma’lum qilishicha, muzokarada tomonlar o‘zaro bojlar va savdo to‘siqlarini bekor qilishga kelishib olgan. Endilikda savdo sohalariga daxldor masalalarni yechish va mavjud tariflarni baholash bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.
OAV Tramp va Yunkerning muzokara yakunlari borasidagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Ularda Amerika yetakchisi AQSH va YEI nol qiymatdagi tariflar, savdo to‘siqlari, sanoat mahsulotlari subsidiyalari bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan bo‘lsa, Yevrokomissiya rahbari savdo masalalarini yechish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilar ekan va bir tomon bu jarayonni to‘xtatmaguncha, YEI po‘lat, alyuminiyga boj belgilamay turishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-iyunidan AQSH Yevroiitifoq davlatlaridan import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga 10 foizli boj belgilagan edi. Bunga javoban YEI Jahon savdo tashkilotiga shikoyat bilan chiqdi, shuningdek, Amerikaning metallurgiya, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga 25 foizli boj belgilashini ma’lum qildi.