AQSH va Eron o‘rtasida keskinlik kuchaydi
AQSH Eronni Hurmuz bo‘g‘ozi hududida Apache harbiy vertolyotini urib tushirganlikda ayblab, mamlakatning havo mudofaa tizimlari, boshqaruv punktlari va radiolokatsiya ob’ektlariga zarba berdi, deb VVS nashri xabar tarqatdi.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi esa bu harakatni «Eron agressiyasiga munosib javob» deb baholamoqda.
Prezident Donald Tramp vertolyot ekipaji omon qolganini ma’lum qilib, Vashington hujumga javob berishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.
Eronning Inqilobiy gvardiyasi ham javob tariqasida mintaqadagi AQSH harbiy bazalariga zarbalar berganini ma’lum qildi. Bu hujumlar Bahrayn va Iordaniyadagi ob’ektlarni ham qamrab olgan. Quvayt esa havo hujumlarini qaytarganini ma’lum qildi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy AQSHning harakatlarini qoralab, Eron hech bir hujumni javobsiz qoldirmasligini bildirdi.
Shuningdek, u xorijiy qo‘shinlarni mintaqa hududini tark etishga chaqirgan.
So‘nggi voqealar AQSH, Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlikni yanada kuchaytirib, mintaqadagi beqaror vaziyatni og‘irlashtirmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8yOeSAGMadU" title="AQSH va Eron o‘rtasida keskinlik kuchaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA