AQSH senati ta’tilni kechiktiradi
Amerika senatorlari qo‘shimcha byudjet ajratmasi, jumladan Ukrainaga yordam ustida ishni davom ettirish uchun ta’til muddatini orqaga suradigan bo‘ldi, deb bayonot berdi senatda ko‘pchilikni tashkil etadigan demokratlar yetakchisi Chak Shumer.
“Bugun ish kuni tugagandan keyin, senat dushanba kuni yana ishga qaytadi”, - dedi u majlisda.
Muxolifatda ko‘pchilik ovozga ega vakillar palatasi esa senator qaroriga qo‘shilmagan va faqat yanvarda ishga qaytishini ma’lum qilgan.