AQSH rezolyutsiyasini Rossiya ma’qullamaydi
AQSH tomonidan tayyorlangan Isroil va G‘azo bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini Rossiya qo‘llab-quvvatlamaydi, “chunki, hujjatda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruv yo‘q”, dedi BMT Xavfsizlik kengashi majlisida Rossiyaning mazkur tuzilmadagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya
– Hozir butun dunyo Xavfsizlik kengashidan urishayotgan tomonlar o‘rtasida zudlik bilan va hech qanday shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i kutayotganiga ishonchimiz komil, – dedi Nebenzya. – Amerika loyihasida esa aynan ushbu band yo‘q. Biz ushbu hujjatda ma’no ko‘rmayapmiz va shu bois loyihani qo‘llab-quvvatlay olmaymiz. Umid qilamizki, a’zo davlatlarning ko‘pchilligi ham shunday fikrda.